Hasanboy Do‘smatov va Bahodir Jalolov harbiy unvon oldi
Ular podpolkovnik unvoni bilan taqdirlandi.

Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiada o‘yinlarida boks sport turi bo‘yicha ishtirok etgan o‘zbekistonlik bokschilar Hasanboy Do‘smatov va Bahodir Jalolov oltin medalni qo‘lga kiritgandi.
Ikki karra Olimpiada chempioni nomiga sazovor bo‘lgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari Hasanboy Do‘smatov va Bahodir Jalolovlar podpolkovnik unvoni bilan taqdirlandi.







