Salomatlik

Kuz yaqin: Shamollash mavsumi oldidan immunitetni qanday ko‘taramiz?

Mutaxassislar virusdan himoyalovchi 7 ta tabiiy mahsulotni tavsiya qildi.

Kuz yaqin: Shamollash mavsumi oldidan immunitetni qanday ko‘taramiz?

Yurtimizda yozning jazirama kunlari asta-sekin ortda qolib, salqin kuz yaqinlashmoqda. Bilamizki, bu faslda ko‘pchilikni shamollash kasalligi bezovta qiladi. Bunga esa aksariyat hollarda organizmda immunitetning pastligi sabab bo‘ladi.

 

Quyida virus va bakteriyalardan samarali himoyalovchi va immunitetni mustahkamlovchi 7 ta tabiiy mahsulot haqida maʼlumot beramiz.

 

1. Yer qalampiri. Tabiatda patogen bakteriyalar, viruslar va parazitlar rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi o‘simliklar ko‘p. Bu xususiyat ular tarkibidagi maxsus moddalar — “fitonsidlar” bilan bog‘liq. Ushbu modda mo‘l bo‘lgan ozuqa mahsulotlarini isteʼmol qilish immunitetni oshirish bilan birga, salomatlikni mustahkamlaydi.

 

Yer qalampiri – ana shunday tabiiy antibiotik. U uzoq vaqtdan beri xalq tabobatida qo‘llanilib kelmoqda va antibakterial hamda qonni tozalash xususiyatlari tufayli alohida qadrlanadi. Qolaversa, bu tabiiy mahsulot safro haydaydi. Yallig‘lanishga qarshi kurashib, balg‘am ajralishiga yordam beradi.

 

Agar u ovqatga qo‘shib isteʼmol qilinsa, oshqozon-ichak traktining yaxshilanishi va qonda qand miqdorining pasayishiga yordam beradi.

 

2. Piyoz va sarimsoq. Agar immunitetingiz kuchli bo‘lishini istasangiz, bu ikki mahsulot dasturxoningizda doimo bo‘lishi kerak. Chunki aksariyat bakteriyalar, virus va parazitlar piyoz va sarimsoqdan “qo‘rqadi”.

 

O‘ziga xos hidi bo‘lishiga qaramay, ular muntazam ravishda taomnomaga kiritilishi zarur, ayniqsa, mavsumiy shamollash paytida.

 

3. Zanjabil. Esingizda bo‘lsa, koronavirus pandemiyasi davrida u oltinga teng mahsulotga aylangan edi. Sababi zanjabil viruslarning oldini olish va ulardan himoyalash uchun ajoyib xususiyatga ega. Aytgancha, u homilador ayollarda ko‘ngil aynishini kamaytirishda ham juda foydali.

 

Buning uchun tozalangan zanjabilni qobig‘i bilan birga limonga aralashtirib, xamir tayyorlanadi. So‘ng uni oz miqdorda asal bilan qorishtirib, kichik qoliplarga solinadi va muzlatichga qo‘yiladi. So‘ng undan choy qilib ichilsa, immunitetni tez ko‘taradi.

 

4. Xantal. U ham ajoyib tabiiy antibiotik. Xantal fitonsidlarning kuchli zaryadini o‘z ichiga olib, immunitet tizimini mukammal darajada rag‘batlantiradi.

 

5. Turp. Tabiiy antiseptik mahsulot bo‘lib, dezinfeksiyalash xususiyatiga ega. Qolaversa, uni tez-tez isteʼmol qilish immunitetni mustahkamlaydi.

 

6. Klyukva. immun tizimi uchun ajoyib foydali rezavor. Shuningdek, klyukva safro chiqishini rag‘batlantirib, kayfiyatni ko‘taradi. Ushbu mevani isteʼmol qilishning eng yaxshi usuli — undan muzlatilgan va maydalangan holda shirinlik yoki ichimlik tayyorlash.

 

7. Sabzi sharbati. Uning tarkibida selen, fosfor, magniy, yod kabi foydali modda va vitaminlar bo‘lib, tanada qon aylanishini yaxshilaydi va immunitetni ko‘taradi. Bundan tashqari, sabzi sharbati isitmani tushirib, og‘iz bo‘shlig‘idagi bakteriyalarni yo‘q qilishga yordam beradi.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"