Asila Mirzayorova oltin medalni qo‘lga kiritdi
U finalda o‘z natijasini yangilab, rekord o‘rnatdi.

T11 klassida uzunlikka sakrash bahsida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik Asila Mirzayorova dastlabki urinishidayoq 5,22 metr natija qayd etib, ushbu yo‘nalishda Paralimpiya o‘yinlari rekordini o‘rnatdi. 5-urinishda esa yana 2 santimetrga uzoqroqqa sakrab, 5,24 metr natija qayd etdi.
Ushbu natijaga turnirda qatnashayotgan hech qaysi sportchi tomonidan yangilanmadi va shunday qilib O‘zbekiston vakili Asila Mirzayorova mamlakat delegatsiyasiga dastlabki oltin medalni olib keldi.
Hozirda O‘zbekiston delegatsiyasi jamg‘argan medallar soni 4 taga yetdi: 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza.







