Qo‘qondagi choynak sexi yonib ketdi
Yong‘inni bartaraf etishga 7 ta texnika jalb etilgan.

Bugun, 30-avgust kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida elektr choynak ishlab chiqarish sexining omborida yong‘in chiqdi. Bu haqida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, yong‘in soat 09:51da Qo‘qon shahar “Arziktepa” MFY Sariqqamish ko‘chasida joylashgan elektr choynak ishlab chiqarish sexi omborxonasining ichki va tom qismida yong‘in sodir bo‘lgan.
Shundan so‘ng, yong‘inni bartaraf etishga 7 ta yong‘in o‘chirish va boshqa maxsus texnikalar jalb etilgan. Hodisa joyiga yong‘in-qutqaruvchilar 09:57da yetib borib, yong‘in soat 10:32 da o‘rab olingan hamda soat 11:40 da to‘liq o‘chirilgan. Yong‘indan omborxonaning taxminan 500 kv.m maydoni saqlab qolingan.







