O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Belarus Prezidenti bilan telefonlashdi

Prezident Aleksandr Lukashenkoni yubiley bilan qutladi.

Shavkat Mirziyoyev Belarus Prezidenti bilan telefonlashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 avgust kuni Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qildi.

 

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Belarus Prezidentini yubiley bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sog‘lik va katta yutuqlar, do‘st Belarus xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi.

 

O‘z navbatida, Belarus Prezidenti O‘zbekiston rahbari va ko‘p millatli xalqini yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik kuni bilan samimiy tabriklab, tinchlik, barqaror taraqqiyot va rivojlanish tiladi.

 

Suhbat davomida joriy yilning 7–9 fevral kunlari Belarus Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni qabul qilingan "yo‘l xaritasi"ga muvofiq amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

 

Belarus Respublikasi Milliy Majlisi Respublika Kengashi Raisi Natalya Kochanova boshchiligidagi delegatsiyaning yaqinda mamlakatimizga qilgan tashrifining samarali natijalari yuqori baholandi.

 

Sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha qo‘shma loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishni tezlashtirish, shuningdek, madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish muhimligi taʼkidlandi.

Tadbirkorlar radarlariga yangi vakolat: kamar taqmagan haydovchilar ham aniqlanadi

Tadbirkorlar radarlariga yangi vakolat: kamar taqmagan haydovchilar ham aniqlanadi

Tadbirkorlar o‘rnatgan foto va video qayd etish tizimlariga xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalarini buzish holatlarini aniqlashga ruxsat berildi.

Toshkentda noqulay meteorologik sharoit: havo sifati “nosog‘lom” darajada

Toshkentda noqulay meteorologik sharoit: havo sifati “nosog‘lom” darajada

Ayrim kuzatuv nuqtalarida ifloslanish darajasi “juda nosog‘lom” ko‘rsatkichga yetdi.

Vatanga qaytish, moddiy va tibbiy yordam: 4 401 nafar o‘zbekistonlik Rossiyadan qaytarildi

Vatanga qaytish, moddiy va tibbiy yordam: 4 401 nafar o‘zbekistonlik Rossiyadan qaytarildi

Rossiyada qiyin vaziyatga tushgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatilmoqda.

Samarqandda Epica temir to‘siqqa urildi: haydovchi halok bo‘ldi

Samarqandda Epica temir to‘siqqa urildi: haydovchi halok bo‘ldi

Haydovchi e’tiborsizligi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotib, YTHga uchragan.

Noyabr boshida kuchli yomg‘ir yog‘adimi? O‘zgidromet xabarlarga munosabat bildirdi

Noyabr boshida kuchli yomg‘ir yog‘adimi? O‘zgidromet xabarlarga munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishini prognoz qilingani haqida xabarlar tarqaldi.

Qish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 mln so‘mdan yordam beriladi: kimlar olishi mumkin?

Qish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 mln so‘mdan yordam beriladi: kimlar olishi mumkin?

Yoqilg‘i-energetika sohasidagi islohotlar jarayonida aholini ijtimoiy himoya qo‘llab-quvvatlash choralari belgilandi.

O‘zbekiston va Turkiya hamkorlikni kengaytirmoqda: qator muhim bitimlar imzolandi

O‘zbekiston va Turkiya hamkorlikni kengaytirmoqda: qator muhim bitimlar imzolandi

Savdo, ijtimoiy ta’minot va chegara orqali tovarlar hamda transport vositalari harakati bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan hujjatlar qabul qilindi.

O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari uchrashuv o‘tkazdi

Ikki mamlakat yetakchilari keng qamrovli strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildilar.