"Al-Nasr" 19 yoshli futbolchini sotib oldi
U bilan 4 yillik shartnoma imzolangan.

"Al-Nasr" braziliyalik futbolchi transferini e’lon qildi. Riyod klubi "Korintians"dan 19 yoshli vinger Ueslini sotib oldi.
Transfer qiymati — 22,6 mln yevro. Shartnoma 2028-yil yozigacha mo‘ljallangan. Uesli 2024-yilda Braziliya chempionatida 23 o‘yinda 2 gol va 1 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.







