Qozog‘istondan qaytayotgan o‘zbekistonliklar avariyaga uchradi
Oqibatda yengil avtomobil haydovchisi voqea joyida halok bo‘lgan.

Otyrar Telegram kanalida berilgan dastlabki maʼlumotga ko‘ra, Olmaota trassasining yo‘l taʼmirlash ishlari olib borilayotgan qismida Opel Vestra avtomobili Toyota Alphardʼga borib urilgan.
Oqibatda yengil avtomobil haydovchisi voqea joyida halok bo‘lgan.
“Yana yetti kishi jabrlangan. Ularning barchasi Toyota Alphard salonida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib, Qizilo‘rdadan uylariga qaytayotgan bo‘lgan”, deyiladi xabarda.
Jabrlanganlar shifoxonaga yotqizilgan. Tergov ishlari olib borilmoqda.







