O'zbekiston

“Kibermakonda xavf-xatar va tahdidlar kuchayib bormoqda“

Prezident terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha murojaat yo‘lladi.

“Kibermakonda xavf-xatar va tahdidlar kuchayib bormoqda“

Shavkat Mirziyoyev Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro konferensiya ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi.

 

“Xonimlar va janoblar! Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Aksilterror markazining terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishda hamkorlikni mustahkamlashga bag‘ishlangan qo‘shma konferensiyasining barcha ishtirokchi va mehmonlarini samimiy qutlayman.

 

Ushbu muhim xalqaro forumning SHHT va MDH kabi nufuzli mintaqaviy tuzilmalar bilan birgalikda tashkil etilishi bepoyon mintaqamizda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash borasida yakdillik va o‘zaro amaliy hamkorlikni rivojlantirishga bo‘lgan intilishni yana bir bor tasdiqlaydi.

 

Bugungi anjuman to‘plangan tajriba va bilimlar bilan almashish, xavfsizlikka nisbatan zamonaviy xavf-xatar va tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish yuzasidan tavsiya va takliflar ishlab chiqish uchun zarur muloqot maydoni ekanini alohida taʼkidlamoqchiman.

 

Konferensiya kun tartibiga eng muvaffaqiyatli milliy tajribalarni o‘rganish, terrorizmga qarshi kurashda hamkorlik hamda fan va taʼlim sohasida almashinuvning samarali mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish, ekstremizm va radikalizm g‘oyalarining tarqalishiga imkon bermaslik bo‘yicha amaliy vositalarni shakllantirish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishning oldini olish borasidagi vazifalarga oid dolzarb masalalar kiritilgan.

 

Aminmanki, ertaga mamlakatimizda ilk bor o‘tkaziladigan “Sharq – Aksilterror – 2024” qo‘shma aksilterror mashg‘ulotlari ham xavfsizlikka nisbatan umumiy tahdidlarga qarshi kurashishda o‘zaro amaliy hamkorlikni kengaytirish va maxsus kuchlar bo‘linmalarining salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.    

 

Hurmatli forum ishtirokchilari! Afsuski, geosiyosiy keskinlik va nizolarning kuchayishi, yetakchi davlatlar o‘rtasida o‘zaro ishonch taqchilligi, global xavfsizlik institutlari rolining pasayishi terrorizm va ekstremizm tahdidlariga qarshi kurashishda ochiq hamda samarali xalqaro hamkorlikning rivojlanishiga salbiy taʼsir ko‘rsatmoqda.

 

Shu bilan birga, kibermakonda xavf-xatar va tahdidlar kuchayib bormoqda. Bunda noqonuniy faoliyat, yollash va radikal g‘oyalarni targ‘ib etish bo‘yicha faol ishlar milliy chegaralar va qonunchilik normalarini tan olmaydigan internet tarmoqlari hamda kanallari vositasida tobora ko‘p amalga oshirilmoqda.

 

Buning oqibatida bugungi kunda aholining nisbatan zaif qatlamlari vakillari, jumladan, bizning yoshlarimiz va mehnat migrantlari “onlayn manqurtlashtirish” qurboniga aylanmoqda, turli noqonuniy guruhlarga jalb etilmoqda va jinoyat sodir etmoqda.

 

Shu bois qonunchilik bazasini yana-da takomillashtirish hamda SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi va MDH Aksilterror markazi faoliyati doirasida bunday xavf-xatar va tahdidlarni bartaraf etish va ularga tezkorlik bilan javob qaytarish bo‘yicha xalqaro hamkorlik samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shma amaliy chora-tadbirlarni o‘tkazish eng muhim vazifalar hisoblanadi.

 

Taʼkidlash lozimki, mamlakatimizning Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiyasi keng qamrovli, inklyuziv va tizimli yondashuvga asoslangan bo‘lib, profilaktik va preventiv choralarni qo‘llash hamda vaqtida amaliy javob qaytarishni o‘zida mujassam etadi. Jamiyatda hamjihatlik muhitini mustahkamlash va ochiq muloqotni rivojlantirish, taʼlim-tarbiya sohasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ish o‘rinlarini yaratish va aholining ishonchli ijtimoiy himoyasini taʼminlash bu boradagi ustuvor yo‘nalishlar hisoblanadi.

 

Shu bilan birga, biz inson huquq va erkinliklarini himoya qilish va ilgari surish, qonun ustuvorligi tamoyiliga so‘zsiz rioya etishni terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishning fundamental asosi deb hisoblaymiz.

 

Bugungi kunda O‘zbekistonda Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiya izchil amalga oshirilmoqda, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda, “qaynoq nuqtalar”dan qaytarib olib kelingan shaxslarni tinch hayotga moslashtirish yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 

Joriy yilda BMTning Aksilterror boshqarmasi bilan hamkorlikda Reabilitatsiya va reintegratsiya qilish bo‘yicha mintaqaviy ekspertlar kengashi tashkil etildi, to‘liq miqyosdagi sheriklikning yangi “yo‘l xaritasi” qabul qilindi.

 

Murojaatimning yakunida shuni alohida taʼkidlamoqchimanki, mintaqada mustahkam tinchlik va barqarorlikni taʼminlash maqsadida yaqin hamkorlik va mamlakatlarimiz maxsus xizmatlari faoliyatini samarali muvofiqlashtirish kelgusida ham davlatlararo hamkorlikning ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi.

 

Konferensiyaning barcha ishtirokchilariga samarali bahs-munozaralar va muvaffaqiyatlar tilayman”, deyiladi murojaatda.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

“Kibermakonda xavf-xatar va tahdidlar kuchayib bormoqda“ | Zamon.uz