Farg‘onada mikroavtobus avariyaga uchradi
Haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, yuk mashinasiga urilgan.

Qayd etilishicha, hodisa bugun, 5-sentyabr kuni soat 11:20 larda Quva tumani hududidan o‘tgan “Farg‘ona halqasi” avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.
Hyundai rusumli mikroavtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan yuk transport vositasiga borib urilgan. Yo‘l-transport hodisasi natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Quva tumani IIB YHXB tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda







