Salomatlik

Kuzgi allergiyani shamollash va grippdan qanday farqlash mumkin?

Mutaxassis bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Kuzgi allergiyani shamollash va grippdan qanday farqlash mumkin?

Aksirish, ko‘z yoshlanishi va qichishishi, burun oqishi, yo‘tal... Kuz mavsumida bunday simptomlardan aziyat chekuvchi bemorlar soni birmuncha ko‘payadi. Ammo faqat shu alomatlarning o‘zi O‘RVI yoki grippga chalinganingizni anglatmaydi.

 

— Yurtimizda sentyabr, oktyabr va baʼzan noyabr oylarida ham nisbatan issiq harorat kuzatiladi, — deydi mutaxassis. — Agar shu davrda yog‘ingarchik bo‘lmasa, o‘simlik changchalari o‘z allergik xususiyatini saqlab qoladi. Bu — yuqorida sanalgan alomatlarni keltirib chiqaruvchi birinchi sabab.

 

Ikkinchidan, salqin kunlar boshlagach, zamburug‘ sporalari yomg‘irdan keyin havoga yuqori konsentratsiyada ko‘tariladi. Buning oqibatida zamburug‘ga nisbatan allergik holatlarning og‘ir formalari uchraydi.

 

Zamburug‘ sporalari eng ko‘p uchraydigan manba — daraxt va butalardan to‘kilgan yaproqlar. Bundan tashqari, allergenlar zax yoki mog‘orlagan xonalar hamda yerto‘lalarda ham kuzatiladi.

 

Salqin ob-havo muhiti uy changlarining ko‘payishi uchun ham qulay. Bunday sharoitda allergenlar konsentratsiyasi ortib, allergik rinit, konyunktivit yoki astma belgilari kuchayadi. Bu, ayniqsa, yaxshi isimaydigan va zax xonalarda ko‘proq kuzatiladi.

 

Allergiyani qo‘zg‘atuvchi yana bir manba — uy ichidagi chang to‘plovchi jihoz va anjomlar — gilam va to‘shamalar, yostiqlar, devor qoplamalari, yumshoq mebellar va o‘yinchoqlar hamda kitoblardir.

 

Mavsumiy allergiyaga moyil odamlarning taxminan yarmi it, mushuk singari uy hayvonlari yungidan aziyat chekadi.

 

To‘g‘ri, kuzgi allergiya belgilari O‘RVI va gripp alomatlari bilan o‘xshash. Ammo ularni quyidagi farqli jihatlar ajratib turadi.

 

Masalan, shamollash va gripp belgilari virus qo‘zg‘atuvchisi bilan aloqa qilgandan so‘ng maʼlum muddat o‘tib paydo bo‘ladi. Allergiya alomatlari esa darhol yuzaga keladi.

 

Shamollash va gripp simptomlari odatda 3-14 kundan so‘ng yo‘qolsa, allergik reaksiyalar bir necha oygacha davom etishi mumkin. Qolaversa, allergiya chog‘ida tana qaqshamaydi, isitma chiqmaydi.

 

Allergiya belgilari kuzatilgan bemorlar o‘z vaqtida mutaxassisga murojaat qilishlari tavsiya etiladi. Xususan, tibbiyot markazimizda bunday kasalliklarga ilg‘or diagnostika usullari va zamonaviy tibbiy texnologiyalar orqali aniq tashxis qo‘yish hamda samarali davolash yo‘lga qo‘yilgan.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"