Samarqandda bir tup daraxt kesgan shaxs 9 mln jarimaga tortildi
O‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar — 680 ming so‘m.

Nazorat reyd tadbirlaridan birida Paxtachi tumani Tinchlik mahallasida yashovchi fuqaro M.R. mahalla hududidagi bir tup terak daraxtini o‘zboshimchalik bilan kesib tashlagani aniqlangan.
Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi (Daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish) 1-qismiga muvofiq maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Huquqbuzar bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari (8 million 500 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortildi. M.R. jarima bilan birga o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar — 680 ming so‘mni ham to‘laydigan bo‘lgan.







