Salomatlik

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichi 71 foizga oshdi

JSST bu bo‘yicha yangi hisobotni eʼlon qildi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichi 71 foizga oshdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vabo epidemiyasi bo‘yicha yangi hisobotini eʼlon qildi. Unda qayd etilishicha, 2023 yili dunyo bo‘yicha bu xavfli infeksiyadan o‘lim ko‘rsatkichi 2022 yilga nisbatan 71 foizga, kasallanish holatlari esa 13 foizga oshgan.

 

“O‘tgan yili vabodan 4000 kishi vafot etdi, — deydi JSST rahbari Tedros Gebreyesus. — Iqlim o‘zgarishi, baʼzi mintaqalarda ichimlik suvi tanqisligi, qashshoqlik, sanitariya sharoitlari yetishmasligi, urush va harbiy to‘qnashuvlar xastalik kuchayishiga sabab bo‘ldi”.

 

Hisobotga ko‘ra, joriy yilda ham epidemiologik vaziyat murakkab. Xususan, 2024 yil boshidan buyon 342 mingdan ortiq bemorda ushbu infeksiya aniqlangan, ulardan 2,4 ming nafari hayotdan ko‘z yumgan. 22 mamlakatda kasallik avj olishi kuzatilgan.

 

Jumladan, iyul-avgust oylari oralig‘ida Sudanda qariyb 2,7 ming kishiga vabo tashxisi qo‘yildi. Ulardan 120 nafarining hayotini saqlab qolish imkoni bo‘lmadi.

 

JSSTning vabo bo‘yicha texnik rahbari Filipp Barboza fikricha, kasallik qurbonlari soni rasmiy statistikadan ancha yuqori. Aslida uni har yili taxminan 2 millionga yaqin kishi yuqtirib, 100 ming nafari hayotdan ko‘z yumayotgan bo‘lishi mumkin.

 

Masʼullar epidemiyaning yangi to‘lqinini jilovlasa bo‘ladi, degan xulosada. Buning uchun kasallikka qarshi vaksinalar ishlab chiqarish hajmini oshirish zarur. Chunki o‘tgan yili qariyb 36 million doza emlash vositalari ishlab chiqarilgan, biroq bu mavjud ehtiyojning atigi 50 foizini qoplaydi, xolos.

 

Qolaversa, toza ichimlik suvi taʼminoti, sanitariya va gigiyena qoidalariga amal qilish vabo epidemiyasini to‘xtatishning uzoq muddatga mo‘ljallangan yagona barqaror yechimi bo‘lib qolmoqda.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.