Gazsiz qoladigan manzillar: 20-oktyabr kuni ta’minot vaqtincha to‘xtatiladi
Soat 09:00 dan 18:00 gacha yirik gaz quvurida ta’mirlash ishlari olib boriladi.

2026-yil 20-oktyabr kuni Yunusobod tumanining ayrim mahallalarida ta’mirlash ishlari sababli soat 09:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
«Hududgaz Poytaxt» gaz ta’minoti filialining ma’lum qilishicha, Iftixor ko‘chasidagi yer osti o‘rta bosimli, diametri 530 millimetr bo‘lgan gaz quvurida ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Buning natijasida «Minor» MFY markazidagi 6-dahada joylashgan 32 ta ko‘p qavatli uy, Gunafsha, Elobod, Xurshid, Minor berk va Dalazor ko‘chalaridagi 120 ta xonadon, shuningdek, «Iftixor» MFYdagi Iftixor ko‘chasining 1-A va 121–170-sonli ko‘p qavatli uylarida gaz ta’minoti vaqtincha uziladi.
Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanadi.








