Saida Mirziyoyeva Qoraqalpog‘istondagi og‘ir hududga bordi
Prezident yordamchisi qishloq aholisi bilan uchrashib, ular bilan suhbatlashgan.

“Kecha Qoraqalpog‘iston Respublikasida iqtisodiy-ijtimoiy holati og‘ir tumanlarga bordik va joylardagi ahvolni o‘rgandik. Ushbu hududlarda yashayotgan aholi hayotini yaxshilash, ular uchun munosib sharoit yaratish borasida qilinadigan ishlar hali ko‘p”. deb yozdi Mirziyoyeva o‘zining rasmiy telegram kanalida.







