O'zbekiston

Toshkent metrosida kunlik yo‘lovchilar soni 1 millionga yetishi kutilmoqda

Tirbandlikni oldini olish maqsadida zaxira poyezdlar harakatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Toshkent metrosida kunlik yo‘lovchilar soni 1 millionga yetishi kutilmoqda

Yozgi mavsumda metropoliten bir kunda 550-600 ming yo‘lovchini tashigan bo‘lsa, o‘quv jarayonlari boshlangach, bu ko‘rsatkich 920-930 ming nafargacha yetishi, oktyabr va noyabr oylarida esa 1 millionni tashkil etishi kutilmoqda.

 

Shu sababli yo‘lovchilar uchun qulay sharoit yaratish va ehtimoliy tirbandliklarning oldini olish maqsadida bir qancha tadbirlar amalga oshirilmoqda. Joriy yil davomida metropoliten uchun 14 ta zamonaviy harakat tarkibi xarid qilindi. Natijada tig‘iz vaqtlarda yo‘nalishlar bo‘yicha intervallar quyidagicha qisqartirildi:

 

  • Chilonzor yo‘nalishi: 1,5–2 daqiqa;
  • O‘zbekiston yo‘nalishi: 4 daqiqa;
  • Yunusobod yo‘nalishi: 4–5 daqiqa;
  • Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishi: 8–9 daqiqa.

 

Bundan tashqari, zaxira poyezdlar harakatini yo‘lga qo‘yish ham rejalashtirilgan. Metro bekatlaridagi yuklamalarni kamaytirish maqsadida, metro yaqinidagi 27 ta oliy taʼlim muassasalarida darslar boshlanish vaqti turlicha belgilandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkent metrosida kunlik yo‘lovchilar soni 1 millionga yetishi kutilmoqda | Zamon.uz