Toshkentda psixotrop dorilar sotayotgan shaxs ushlandi
Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan shaxs ushlandi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan E.A. 56 dona “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro A.A.ga 5,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







