O'zbekiston

Qanday mahsulotlar tishlar salomatligi uchun foydali?

Mutaxassis bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Qanday mahsulotlar tishlar salomatligi uchun foydali?

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab maktab o‘quvchilarining 60 foizdan 90 foizgacha va kattalarning deyarli 100 foizi tish kariyesidan aziyat chekmoqda. Bu statistikani yaxshi tomonga o‘zgartirish yo‘llaridan biri — ovqatlanish odatlarini o‘zgartirishdir.

 

— Kariyes va milk kasalliklaridan tashqari, ko‘pchilik og‘izdan noxush hid kelishidan aziyat chekadi. Yaxshi gigiyena va to‘g‘ri ovqatlanish buning oldini oladi yoki butkul bartaraf qiladi. Buning uchun, avvalambor, tarkibida rux (sink) bo‘lgan mahsulotlarni isteʼmol qiling. U baliq va qisqichbaqasimonlar, qizil go‘sht, tuxum, yasmiq va yong‘oqlar (bodom va keshyu)da uchraydi. Suv, choy, olma, apelsin va yogurt ham yomon hidga qarshi yaxshi vositalardir.

 

Gingivit kabi parodont kasalliklar qisman tishlar orasida qolib ketadigan ovqat qoldiqlarida mavjud bo‘lgan bakteriyalar sabab kelib chiqadi. D vitamini kalsiy va fosforning so‘rilishini osonlashtiradi, milk va tishlarni bakteriyalarga nisbatan ancha chidamli qiladi.

 

Bu vitaminni nafaqat quyosh nuri, balki baliqning yog‘li turlarini isteʼmol qilish orqali ham olish mumkin. Omega-3 kislotalarining yuqori miqdori tufayli yog‘li baliqlarni haftasiga ikki marta yeyish maqsadga muvofiq.

 

S vitaminiga boy mahsulotlar milkning asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan kollagen ishlab chiqarish kamayib ketishining oldini olishga yordam beradi. Kollagen kamayishi milkning pastga tushib ketishidek jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. S vitamini apelsin, limon, greypfrut, mandarin, kivi, qizil bulg‘ori, qora smorodina, brokkoli, papayya kabi mahsulotlarda bo‘ladi.

 

Sut, pishloq va yogurt suyak hamda tishlar uchun muhim mineral bo‘lgan kalsiyning manbai hisoblanadi. Masalan, pishloq tishlarni himoya qiladi, chunki uni isteʼmol qilganimizda bakteritsid xususiyatlarga boy bo‘lgan tupurik ko‘proq ishlab chiqariladi. Ismaloq, no‘xat, brokkoli, karam yoki tofuda kalsiy mavjud.

 

Fosfor ham tish tuzilishini optimal tarzda saqlash uchun juda muhimdir. Bu mineral sut, tuxum va baliq kabi mahsulotlarda bo‘ladi.

 

Seldr o‘simligida olma kislotasi mavjud bo‘lib, u tupurik ishlab chiqarishga yordam beradi, bu esa, o‘z navbatida, tishlarni tozalaydi va dog‘larni yo‘qotadi. Barcha sabzavotlar singari seldrni ham Ozuqaviy xususiyatlarini saqlab qolgan, xom holda isteʼmol qilish, salatlarga qo‘shib yeyish yaxshi.

 

Ko‘k choyda katexin, antioksidant bo‘lib, u bakteriyalar keltirib chiqaradigan milk yallig‘lanishining oldini olishga yordam beradi. Agar ko‘k choy siz uchun achchiqlik qilsa, unga limon yoki ozgina sut qo‘shib ichishingiz mumkin.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Qanday mahsulotlar tishlar salomatligi uchun foydali? | Zamon.uz