O'zbekiston

Prezident Yangi O‘zbekiston ko‘chasidagi qurilish loyihalari bilan tanishdi

Davlatimiz rahbari landshaft kompozitsiyasi bo‘yicha o‘z tavsiyalarini bildirdi.

Prezident Yangi O‘zbekiston ko‘chasidagi qurilish loyihalari bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 10 sentyabr kuni Toshkent shahrining Yangi O‘zbekiston ko‘chasidagi qurilish va obodonlashtirish loyihalari bilan tanishdi.

 

Uzunligi 11 kilometr, eni 86 metr bo‘lgan bu ko‘cha so‘nggi yillarda eng katta yo‘llardan biriga aylandi. Shaharning kengayishi va Toshkent viloyatining turizm salohiyatidan kelib chiqilsa, uning kelajagi ham istiqbolli. 

Shu bois, davlatimiz rahbarining 2022 yil 30 iyundagi qaroriga asosan, Yangi O‘zbekiston ko‘chasida ishbilarmonlik markazi qurilishi va yo‘li bo‘yi infratuzilmasi rivojlantirilishi belgilangan edi. Unga muvofiq, direksiya tuzilib, meʼmoriy konsepsiya ishlab chiqildi.

 

Loyihaga ko‘ra, ko‘chaning ikki tomonida milliy ruhga uyg‘un zamonaviy turar joylar, mehmonxona, savdo va xizmat ko‘rsatish majmualari quriladi. Sayilgoh va ko‘ngilochar maskanlar, piyoda va velosiped yo‘lakchalari tashkil etiladi.

 

Maʼlumki, bu yerda “Toshkent-Sharqiy” aeroporti va Olimpiya shaharchasi ham qurilmoqda. Prezidentimiz ushbu inshootlar atrofini hamda ularga olib boruvchi yo‘l bo‘yini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha ko‘rsatma bergan edi.

 

Bu galgi tashrif chog‘ida shu boradagi landshaft dizayni takliflari ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, Yangi O‘zbekiston ko‘chasining ikki tarafi yana-da obod qilinadi. Chinor, eman, lola daraxti, katalpa, pisardiya, kiparis, hind nastarini, lavanda, Suriya atirguli kabi daraxt va butalar dekorativ shaklda ekiladi. Aeroport oldida ikkita favvora barpo etiladi. Umuman, bu hudud Toshkentning “yashil belbog‘i”ning bir qismi bo‘ladi.

 

Davlatimiz rahbari landshaft kompozitsiyasi bo‘yicha o‘z tavsiyalarini bildirdi. Bu yerda ekologiya, sifat va madaniyat uyg‘unlashishi kerakligini taʼkidladi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Prezident Yangi O‘zbekiston ko‘chasidagi qurilish loyihalari bilan tanishdi | Zamon.uz