Toshkent aeroportida yo‘lovchi qimmatbaho soatni olib o‘tmoqchi bo‘ldi
Uning taxminiy qiymati 104 mln so‘m bo‘lgan.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti xodimlari tomonidan “Moskva-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan O‘zbekiston fuqarosi R.D.ning qo‘l va yo‘l sumkalari belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tkazilgan.
Unda bojxona nazoratiga taqdim etilmagan, jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni bojsiz olib kirish meʼyoridan ortiq bo‘lgan, muqobil manbalarga ko‘ra taxminiy narxi 104 mln 280 ming so‘m bo‘lgan 1 dona “ROLEX OYSTER PERPETUAL DATEJUST” nomli qo‘l soati borligi aniqlandi.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.







