Toshkentda Zil yonib ketdi
Hozirda yong‘in sabablari aniqlanmoqda.

Bugun, 10 sentyabr kuni Yashnobod tumani Ohangaron ko‘chasining 2-darajali yo‘lida Zil rusumli yuktransport vositasida yong‘in kelib chiqqan.
Yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda.







