O'zbekiston

Uzoq umr ko‘rish nimalarga bog‘liq bo‘ladi?

Olimlar buning bir qancha omillari borligini aytishadi.

Uzoq umr ko‘rish nimalarga bog‘liq bo‘ladi?

So‘nggi 100 yil ichida tibbiyot taraqqiyoti va turmush tarzining yaxshilanishi tufayli insoniyatning umr ko‘rish davomiyligi oshdi. Hozirda o‘rtacha umr ko‘rish AQSHda taxminan 84 yosh, Yaponiyada esa 86 yoshni tashkil qiladi.

 

Olimlar uzoq umr ko‘rishning bir qancha omillari borligini taʼkidlaydilar:

 

Jins. Odatda, erkaklarga qaraganda ayollarning o‘lim darajasi har qanday yoshda past. Yaʼni, ular o‘rtacha 7-10 yil ko‘proq yashaydi. Baʼzi tadqiqotlar bu farqni qisman erkaklarning xavfli xulq-atvori bilan bog‘laydi. Bu esa ular orasida baxtsiz hodisalarning ortishiga olib kelishi mumkin.

 

Genetika. Baʼzi olimlarning fikriga ko‘ra, irsiyat o‘limning 10 ta asosiy sabablaridan to‘qqiztasida muhim rol o‘ynashi mumkin.

 

Prenatal va bolalar kasalliklari. Bachadonda, tug‘ilish payti va juda erta bolalikdagi noqulay sharoitlar, hatto, keksalikda ham o‘z taʼsirini ko‘rsatishi mumkin.

 

Moliyaviy holat. U tushgan sari umr ko‘rish davomiyligi ham pasayadi. Chunki bu omil qanchalik yuqori bo‘lsa inson shunchalik o‘z sog‘ligi haqida qayg‘uradi, vaqtida shifokor qabulida bo‘lib, kasalliklarni oldini oladi, sog‘lom turmush tarzi bilan shug‘ullanishga ham imkon topadi. Natijada ko‘proq jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanadi, kamroq chekadi va o‘zi uchun normal bo‘lgan vaznni saqlashga harakat qiladi. Bunday sog‘lom turmush tarzi orqali umr davomiyligi ham oshadi.

 

Oilaviy ahvol. Turli tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, nikoh yoki uzoq muddatli munosabatlar yurak holatini yaxshilashi, ruhiy salomatlikka salbiy taʼsir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan izolyatsiya va yolg‘izlikdan halos bo‘lishga yordam beradi. Shuningdek, bu omil odamlarni shifokor ko‘rigidan muntazam ravishda o‘tib turish va yomon odatlardan voz kechish kabi sog‘lom tanlov qilishga undaydi.

 

Hayot tarzi. O‘limga taʼsir qiluvchi turmush tarzi omillari orasida noto‘g‘ri ovqatlanish, kam harakatlanish, tamaki va spirtli ichimliklarni haddan tashqari ko‘p isteʼmol qilish, xavfli xatti-harakatlar, ish joyidagi va transport vositalaridagi xavfsizlik kiradi.

 

Shuningdek, bugungi kunda o‘limga taʼsir qiluvchi asosiy turmush tarzi omili semirishdir. Dunyoda katta yoshli insonlarning qariyb 5 foizi ushbu muammodan aziyat chekadi, deb hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich 1962 yilda taxminan 1 foizni tashkil qilgan. Bundan tashqari, hozirda katta yoshli aholining qariyb 70 foizi ortiqcha vaznga ega (1962 yilda 46 foiz bo‘lgan).

 

Tibbiy texnologiyalar. Tibbiyotdagi yutuqlar umr ko‘rish davomiyligini oshirishga sezilarli taʼsir ko‘rsatdi. Antibiotiklarning yaratilishi va emlashning joriy qilinishi, shuningdek jarrohlik, kardiologik yordam va organlar transplantatsiyasining takomillashtirilishi umr ko‘rish davomiyligini oshirishga xizmat qilmoqda.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Uzoq umr ko‘rish nimalarga bog‘liq bo‘ladi? | Zamon.uz