Xorazmda nufuzli anjuman boshlanish arafasida
Unda qo‘shni davlat parlamentlari palatalari rahbarlari qatnashadi.

2024-yilning 12-13 sentyabr kunlari Xiva shahrida Markaziy Osiyo davlatlarining ikkinchi parlamentlararo forumi bo‘lib o‘tadi.
Unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston parlamentlari palatalari rahbarlari, yoshlar parlamentlari, do‘stlik guruhlari vakillari va boshqa delegatsiya aʼzolari ishtirok etadi.







