Futzal bo‘yicha jahon chempionati muxlislariga jamoat transporti bepul bo‘ladi
Shuningdek, temiryo‘l chiptalariga 50 foiz miqdorida chegirmalar joriy etiladi.

Prezidentning joriy yil 28-maydagi 195-sonli qaroriga muvofiq shu yil 14 sentyabrdan 6 oktyabrga qadar Toshkent, Andijon va Buxoro shaharlarida bo‘lib o‘tadigan futzal bo‘yicha FIFA jahon chempionati muxlislari uchun jamoat transporti bepul bo‘ladi.
Transort vazirligiga ko‘ra, Jahon chempionati uchun akkreditatsiyadan o‘tgan shaxslar, mundial o‘yinlariga chiptalari mavjud bo‘lgan xorijiy va mahalliy muxlislar uchun temiryo‘l chiptalariga 50 foiz miqdorida chegirmalar joriy etiladi.
Jahon chempionatiga akkreditatsiyadan o‘tgan va o‘yinlarga chipta sotib olgan fuqarolar shahar jamoat transportidan bepul foydalanishlari mumkin. Buning uchun akkreditatsiya kartalari yoki chiptalarni taqdim etish kerak.







