“Toshkent – Shahrisabz” yo‘nalishida muntazam reyslar qo‘yildi
Bugun ilk qatnov amalga oshirildi.

“Silk Avia” aviakompaniyasi “Toshkent – Shahrisabz – Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi.
Parvozlar 11 sentyabrdan boshlab chorshanba va shanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
Toshkentdan jo‘nab ketish soat – 11:40, Shahrisabzga yetib borish soat – 13:10.
Shahrisabzdan jo‘nab ketish soat – 13:50, Toshkentga yetib borish soat – 15:50.







