Sport

Asila Mirzayorova va Dovurxon Karomatovga uy sovg‘a qilindi

Qarshi shahrida paralimpiyachilarni tantanali kutib olish marosimi o‘tkazildi

Asila Mirzayorova va Dovurxon Karomatovga uy sovg‘a qilindi

 

Xabaringiz bor, joriy yilning 28-avgustidan 8-sentabrga qadar Parij XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlariga mezbonlik qildi va unda o‘zbekistonlik sportchilar delegatsiyasi safida qashqadaryolik 8 nafar para sportchi 6 ta sport turidan 21 ta lisenziya bo‘yicha bahslarda ishtirok etdi.

 

Ular safida Para yengil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida T11 klassida uzunlikka sakrash bellashuvlarida ishtirok etgan Asila Mirzayorova 5.24 metr natija qayd etgan holda O‘zbekiston delegatsiyasiga birinchi oltin medalni olib berdi va 28 yil davomida saqlanib kelgan Paralimpiya rekordini yangiladi.

 

Shuningdek, para dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida J2 klassida -90 kg vazn toifasida ishtirok etgan qashqadaryolik Dovurxon Karomatov bronza medalini qo‘lga kiritdi va ikkinchi bor Paralimpiya o‘yinlari sovrindori bo‘ldi.

 

Qarshi shahrida g‘olib va sovrindor paralimpiyachilarni tantanali kutib olish marosimi o‘tkazildi. Unda so‘zga chiqqan viloyat hokimi Murotjon Azimov sportchilarni va ularning yaqinlarini viloyat ahli nomidan samimiy tabrikladi va ularga tantanali ravishda uy sovg‘a qildi.

custom img

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

custom img

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

custom img

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"