O'zbekiston

Toshkent tumanida qarzdor 1,7 mlrd aliment to‘ladi

Bu MIB tarixidagi eng yirik aliment to‘lovi hisoblanadi.

Toshkent tumanida qarzdor 1,7 mlrd aliment to‘ladi

Fuqaro 6, 4 va 3 yoshdagi farzandlari bilan turmush o‘rtog‘i bilan birga tinch-totuv yashab kelar edi, biroq vaqt o‘tib o‘zaro kelishmovchilik sababli, ular ajrashishga qaror qilishdi.

 

Shundan so‘ng, fuqarolik ishlari bo‘yicha Zangiota tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdor D.R. dan, undiruvchi R.R. foydasiga 3 nafar farzandlarining taʼminoti uchun 1/2 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Toshkent tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushadi.

 

Dastlab, ijro harakatlari davrida, qarzdor D.R. aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlab yurdi va qarzdorga nisbatan sud tomonidan ham jarima jazosi qo‘llanildi.

 

Hattoki, davlat ijrochilari aliment qarzdorligi bartaraf etilmasa, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi haqida rasmiy ogohlantiriladi.

 

Shunda, qarzdor shaxsning yaqinlari unga yordam berishga kirishdi, chunki qarzdor xorij davlatiga davolanish uchun ketishi kerak va unga o‘z navbatida, xorijga chiqish uchun MIB taqiq ham xalaqit berayotgan edi.

 

Shundan so‘ng, qarzdor shaxs alimentni farzandlarining 18 yoshgacha bo‘lgan qarzdorligini oldindan to‘lash istagini bildirdi va MIB davlat ijrochilari 2023 yildan 2039 yilga qadar 3 nafar farzandlarning aliment to‘lovi 1 mlrd 748 mln. 902 so‘m bo‘lishni bildirishdi.

 

Vanihoyat, qarzdor shaxs aliment pullarini oldindan, yaʼni farzandlari voyaga yetgunga qadar bo‘lgan, jami 1 mlrd. 748 mln 750 ming so‘m aliment pullarini to‘lashini bildirgan va undiruvchiga tilxat asosida topshirilgan.

 

MIB tarixida yirik aliment to‘lovlari - Buxoroda 810 mln so‘m (2020 yil, sentyabr) Toshkent shahrida 800 mln so‘m (2021 yil, iyul) va Andijon viloyatlarida 547 mln.so‘m (2024 yil, avgust) miqdorida amalga oshirilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkent tumanida qarzdor 1,7 mlrd aliment to‘ladi | Zamon.uz