Bo‘stonliqda yuk mashinasi ag‘darilib ketdi
Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Maʼlum qilinishicha, 2024-yil 11-sentyabr kuni soat 22:00 larda Toshkent Bo‘stonliq tumani Chimyon MFY hududidagi ichki yo‘lda 29 yoshli yoshli haydovchi MAN TGS 41 rusumli yuk mashinasi boshqaruvini yo‘qotgan.
Oqibatda yuk mashinasi ag‘darilib ketgan. Hodisa vaqtida transport vositasida haydovchidan boshqa hech kim bo‘lmagan. Haydovchi tan jarohati olmagan, unga birinchi yordam ko‘rsatilgan.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan Bo‘stonliq tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.







