Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda 1 mlrd obunachi to‘pladi
U 1 mlrd obunachiga ega tarixdagi ilk insonga aylandi.

Krishtianu Ronaldu Instagram sahifasida ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilari soni 1 milliardga yetganini aytdi.
“Menga ishonganingiz, qo‘llab-quvvatlaganingiz, hayotimning bir qismi bo‘lganingiz uchun rahmat. Hali eng yaxshilari oldinda, birgalikda biz g‘alaba qozonamiz hamda tarix yozamiz”, deydi “Al-Nasr”ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu.







