O'zbekiston

Tashqi savdo hajmi 65,4 mlrd dollarga yetdi: yuqori ulushga ega TOP-10 davlat ma’lum qilindi

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2025-yilning yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 6,3 foizga oshgan.

Tashqi savdo hajmi 65,4 mlrd dollarga yetdi: yuqori ulushga ega TOP-10 davlat ma’lum qilindi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 65,4 milliard dollarni tashkil etdi. Savdo aylanmasida eng katta ulush Xitoy va Rossiya hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2025-yilning mos davriga nisbatan 3,9 milliard dollarga yoki 6,3 foizga oshgan.

 

Mazkur davrda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan TOP-10 davlat:

 

  • Xitoy — 15,2 mlrd AQSH dollari;
  • Rossiya — 10,5 mlrd AQSH dollari;
  • Qozog‘iston — 4,3 mlrd AQSH dollari;
  • Turkiya — 2,2 mlrd AQSH dollari;
  • Afg‘oniston — 1,6 mlrd AQSH dollari;
  • Koreya Respublikasi — 1,4 mlrd AQSH dollari;
  • BAA — 1,4 mlrd AQSH dollari;
  • Fransiya — 1,3 mlrd AQSH dollari;
  • Gonkong (Xitoyning maxsus ma’muriy hududi) — 1,3 mlrd AQSH dollari;
  • Qirg‘iz Respublikasi — 1,1 mlrd AQSH dollari.

 

Ushbu davlatlar hissasiga O‘zbekiston umumiy tashqi savdo aylanmasining 61,5 foizi to‘g‘ri kelgan.