O'zbekiston

Toshkentda havo sifati yomonlashishi mumkin: bunga harorat inversiyasi sabab bo‘ladi

19-noyabr kuni ertalab havo sifati xalqaro AQI indeksi bo‘yicha “o‘rtacha” darajagacha yaxshilanadi.

Toshkentda havo sifati yomonlashishi mumkin: bunga harorat inversiyasi sabab bo‘ladi

19-noyabrga o‘tar kechasi Toshkent shahrida havo sifati yomonlashishi mumkin. Prognozlarga ko‘ra, kechqurun havo sifati xalqaro AQI indeksi bo‘yicha “nosog‘lom” darajaga yetishi mumkin. Tunning ikkinchi yarmida esa dastlab “sezgir guruhlar uchun nosog‘lom”, keyinchalik “o‘rtacha” darajaga tushishi kutilmoqda.

 

Milliy havo sifati indeksi bo‘yicha ham ko‘rsatkichlar dastlab “to‘q sariq”, keyin “sariq” va “yashil” darajalarga o‘zgarishi prognoz qilingan.

 

Mutaxassislar havo sifati yomonlashishini haroratning pasayishi, shamolning kuchsizligi va kuchli harorat inversiyasi bilan izohlamoqda. Bunday ob-havo sharoitida mahalliy va qo‘shni hududlardan kelayotgan ifloslantiruvchi moddalar hamda PM zarrachalari tarqalmay, yer yuzasiga yaqin havo qatlamida to‘planib qolishi mumkin.

 

Kutilishicha, 19-noyabr kuni ertalab havo sifati xalqaro AQI indeksi bo‘yicha “o‘rtacha” darajagacha yaxshilanadi.