O'zbekiston

“UzAuto Motors” AJga nisbatan ish qo‘zg‘atildi

Maʼlum bo‘lishicha, avtomobil yetkazib berishda qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilgan.

“UzAuto Motors” AJga nisbatan ish qo‘zg‘atildi

“UzAuto Motors” AJ va uning dilerlariga avtomobil yetkazib berish sohasidagi qonunbuzilish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi. Bu haqida Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.

 

Raqobat qo‘mitasiga Qoraqalpog‘istondan fuqaro A.D. o‘ziga tegishli bo‘lgan 2023 yilda “UzAuto Motors” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan “Lacetti L-Stayle MT” rusumli avtomobil olinganiga 5 oy ham bo‘lmasdan nosozligi tufayli yonib ketganligini, lekin ishlab chiqaruvchi tomonidan ushbu holat o‘z vaqtida bartaraf etilmayotganligi yuzasidan murojaat qilgan.

 

Ushbu shikoyat Qo‘mita tomonidan ko‘rib chiqilgandan so‘ng, qonunbuzarlik holati o‘z tasdig‘ini topdi. Bundan tashqari, aynan shu markali avtomobilda yong‘in chiqishi holati Navoiy viloyatida ham kuzatilganligi aniqlandi.

 

Qo‘mita maxsus komissiyasi tomonidan “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 14 va 20-moddalari talablari buzilganligi alomatlari asosida “UzAuto Motors” AJ va “PSM-AVTOSAVDO” MCHJga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.

 

Hayotga xavf va sog‘liqqa zarar bo‘lishi mumkinligini hisobga olib, qo‘mita bir vaqtning o‘zida ishlab chiqarilgan ushbu rusumdagi 37 ta avtomobilni texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun 10 kun ichida chaqirib olish majburiyatini oldi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

“UzAuto Motors” AJga nisbatan ish qo‘zg‘atildi | Zamon.uz