Jahon

49 nafar ukrainalik Rossiya asirligidan qaytdi

Ular orasida otasini ko‘rishga borgan qiz ham bor.

49 nafar ukrainalik Rossiya asirligidan qaytdi

Rossiyada asirlikda bo‘lgan 49 nafar harbiy xizmatchi va tinch aholi Ukrainaga qaytdi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining telegram-kanalida maʼlum qildi.

 

“Bular Ukraina Qurolli Kuchlari, Milliy gvardiya, Milliy politsiya, Davlat chegara xizmati askarlari, xususan, Leniya Umerova – kasal otasiga g‘amxo‘rlik qilish uchun borganida rossiyaliklar tomonidan garovga olingan qiz”, – deydi Zelenskiy.

 

Uning qo‘shimcha qilishicha, ozod etilganlar orasida “Azovstal” himoyachilari, xususan, avvalroq Ukraina Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan harbiy shifokor Viktor Ivchuk ham bor.

 

2023 yil dekabr oyida 25 yoshli Leniya Umerova kasal otasini ko‘rish uchun Kiyevdan Qrimga ketayotgandi. U Gruziya bilan chegaradagi “Verxniy Lars” nazorat-o‘tkazish punktida maʼmuriy qamoqqa olingan, shu yilning may oyida esa josuslikda ayblanib, hibsga olingan edi, deya eslaydi “Meduza”. Zelenskiyning xabarida Umerova qanday sharoitda qo‘yib yuborilganiga aniqlik kiritilmagan. Rossiya sudi tomonidan unga hukm chiqarilgani haqida ham maʼlumot yo‘q.

 

 

Qisqa muddatli viza bilan borib, mamlakatda qolib ketdi: o‘zbekistonlik Yaponiyadan chiqarib yuborildi

Qisqa muddatli viza bilan borib, mamlakatda qolib ketdi: o‘zbekistonlik Yaponiyadan chiqarib yuborildi

Elchixonasi fuqarolarni mamlakatda noqonuniy yashash va ishlashdan, shuningdek, shubhali ish takliflariga ishonishdan ogohlantirdi.

AQSh Eronga qarshi zarbalarni 4-noyabr kuni qayta boshlashi mumkin — MS NOW

AQSh Eronga qarshi zarbalarni 4-noyabr kuni qayta boshlashi mumkin — MS NOW

Vashington Fors ko‘rfazidagi bir nechta davlatni ehtimoliy hujumlarga tayyorgarlik ko‘rish haqida ogohlantirgan.

Lavrov bilan suratga tushishdan bosh tortishdi: G20 uchrashuvida jamoaviy fotosessiya bekor qilindi

Lavrov bilan suratga tushishdan bosh tortishdi: G20 uchrashuvida jamoaviy fotosessiya bekor qilindi

G20 uchrashuvida bir nechta rasmiylar Rossiya tashqi ishlar vaziri bilan suratga tushishni istamadi.

Xavfsizlik tahdidi kuchaydi: AQSh ayrim davlat xizmatchilariga Saudiya Arabistonini tark etishni buyurdi

Xavfsizlik tahdidi kuchaydi: AQSh ayrim davlat xizmatchilariga Saudiya Arabistonini tark etishni buyurdi

Elchixona bunga husiylarning fuqarolik aeroportlari va muhim infratuzilmaga hujumlarini sabab qilib ko‘rsatgan.

AQSh Ukrainaga 500 ta Patriot raketasini sotishga ruxsat berdi: bitim 2,1 mlrd dollarga baholanmoqda

AQSh Ukrainaga 500 ta Patriot raketasini sotishga ruxsat berdi: bitim 2,1 mlrd dollarga baholanmoqda

Kelishuv Kanada, Norvegiya va Germaniya tomonidan moliyalashtiriladi.

Green Card bo‘yicha yangi qaror: ro‘yxatdan o‘tishni qayta boshlash vaqtincha to‘xtatildi

Green Card bo‘yicha yangi qaror: ro‘yxatdan o‘tishni qayta boshlash vaqtincha to‘xtatildi

Viza dasturi uchun ro‘yxatdan o‘tish muddati hozircha noma’lumligicha qolmoqda.

Germaniya va Ukraina jangovar robot ishlab chiqdi: u frontda harbiylar o‘rniga jang qilishi mumkin

Germaniya va Ukraina jangovar robot ishlab chiqdi: u frontda harbiylar o‘rniga jang qilishi mumkin

Texnikaning dastlabki namunalari yil oxirigacha Ukraina armiyasiga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Bosniyada harbiy vertolyot quladi: to‘rt kishi halok bo‘ldi

Bosniyada harbiy vertolyot quladi: to‘rt kishi halok bo‘ldi

Yevropa Ittifoqining tinchlikparvar kuchlariga tegishli vertolyot o‘quv parvozi vaqtida qulagan.