O'zbekiston

Qashqadaryoda soliq inspektorlari restoranda qarzga ovqatlandi

Holat yuzasidan Soliq qo‘mitasi rasmiy munosabat bildirdi.

Qashqadaryoda soliq inspektorlari restoranda qarzga ovqatlandi

Avvalroq OAVda “Qashqadaryoda soliq inspektorlari restoranda qarzga yeb-ichdi. Pulini so‘ragan tadbirkorga tekshiruv tashlab yopishga urindi, o‘zini esa 6 sutkaga qamatdi” mazmunida maqola eʼlon qilingandi.

 

Holat yuzasidan Soliq qo‘mitasi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, Ko‘kdala tumani soliq inspeksiyasining xodimlari 2024 yil 12 avgust kuni tumandagi “Xondamir farovonlik fayzi” MCHJga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasida taomlanishgan va to‘lovni qarz sifatida yozdirib ketib, 14 avgust kuni qarz to‘langan.

 

“Xondamir farovonlik fayzi” MCHJning budjetdan 8 272 730 so‘m soliq qarzi mavjudligi sababli soliq inspeksiyasi xodimlari Q.Normurodov va A.Mamatovlar 2024 yil 8 avgustdagi 713148-son qaror asosida 19- avgustda mol-mulk xatloviga borganida, jamiyat ish yurituvchisi A.Yangiboyev tomonidan qarshilik ko‘rsatilgan.

 

Shundan so‘ng, soliq xodimlari ushbu holat yuzasidan qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni himoya qilish organlariga tegishli hujjatlarni taqdim etgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Ko‘kdala tumani sudi tomonidan jamiyat ish yurituvchisi A.Yangiboyevga 6 sutka maʼmuriy qamoq jazo chorasi tayinlangan. Ushbu qarordan norozi bo‘lgan fuqaro A.Yangiboyevning arizasiga asosan apellyatsiya shikoyatidan so‘ng jazo chorasi 3 sutkaga kamaytirilgan.

 

Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Qashqadaryoda soliq inspektorlari restoranda qarzga ovqatlandi | Zamon.uz