Samarqandda 110 mln so‘mlik suyultirilgan gaz talon-toroj qilindi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Samarqand viloyati Urgut tumanida aholiga tarqatilishi kerak bo‘lgan suyultirilgan gazni soxta hujjatlar orqali o‘zlashtirgan shaxs ushlandi.
O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda "Urguttumangaz" GTB suyultirilgan gaz xizmati chilangar-taʼminotchisi F.p. soxta hujjatlarni rasmiylashtirish orqali aholiga tarqatilishi lozim bo‘lgan 110,7 mln so‘mlik suyultirilgan gazni boshqa shaxslarga sotib yuborib, ushbu pul mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi va 228-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







