O'zbekiston

Toshkent viloyati Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tugatildi

Bu bo‘yicha Hukumat qarori qabul qilindi.

Toshkent viloyati Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tugatildi

Toshkent viloyati Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tugatildi. Vazirlar Mahkamasining shu haqdagi tegishli qarori joriy yilning 9-sentyabr kuni qabul qilindi. 

 

Qarorga ko‘ra, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va viloyat hokimligi bir oy muddatda bosh boshqarmaga tegishli bino va inshootlar, avtotransport vositalari hamda tovar-moddiy aktivlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazib, Toshkent viloyati hokimligiga operativ boshqaruv huquqi asosida o‘tkazilishini taʼminlaydi.

 

Shuningdek, tugatilayotgan shtat birliklari hisobidan 20 ta shtat birliklari va ish haqi xarajatlari uchun talab etiladigan mablag‘lar chirchiq shahar obodonlashtirish boshqarmasiga o‘tkaziladi.

 

Maʼlumot uchun, 2019 yil 21 noyabrda Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatida obodonlashtirish ishlarini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 931-sonli qarori qabul qilingandi. Boshqarma tugatilishi bilan ushbu qaror ham o‘z kuchini yo‘qotdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.