O'zbekiston

Toshkentda “kotlovan” sabab yo‘lning bir qismi o‘pirilib tushdi

Qurilish vazirligi holatga munosabat bildirdi.

Toshkentda “kotlovan” sabab yo‘lning bir qismi o‘pirilib tushdi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Chilonzor tumani Novza ko‘chasida “kotlovan” sabab yo‘lning bir qismi o‘pirilib tushgani holatiga rasmiy munosabat bildirdi.

 

Vazirlikka ko‘ra, holat Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan tezkor o‘rganilgan.

 

Maʼlum qilinishicha, ushbu obyektdagi qurilish ishlari “Runa International Trading INC” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda.

 

“O‘rganishlar davomida hudud atrofi profnastil bilan o‘ralib, yer ishlari tegishli qoida va meʼyorlarga amal qilinmagan holda olib borilayotgani aniqlangan”, deyiladi rasmiy munosabatda.

 

Qo‘shimcha qilinishicha, MCHJ rahbariga qurilish-montaj ishlarini to‘xtatishga doir ogohlantirish xati yuborilgan. Hozirda holat nazoratga olingan bo‘lib, qo‘shimcha maʼlumot taqdim qilinishi bildirilgan. 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"