O'zbekiston

Toshkent havosi sifati: ifloslanishga nimalar sabab bo‘lmoqda?

Sun’iy yo‘ldosh tasvirlarida 25–26-oktyabr kunlari poytaxt va unga tutash hududlarda yirik chang massalari kuzatilgan.

Toshkent havosi sifati: ifloslanishga nimalar sabab bo‘lmoqda?

O‘zbekistonda, xususan, Toshkent shahrida kuzatilayotgan havo ifloslanishiga noqulay meteorologik sharoitlar va tabiiy omillar ham sabab bo‘lmoqda. Bunda yog‘ingarchilikning kamligi, shamol va atmosfera havosining tabiiy almashinuvi bilan bog‘liq jarayonlar muhim ahamiyatga ega. Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, Iqlim o‘zgarishi milliy markazi direktori Farrux Sattarov shu haqda ma’lumot berdi.

 

Joriy yil oktyabr oyining 26-kuniga qadar Toshkent shahrida atigi 3,9 millimetr yog‘ingarchilik kuzatilgan. Oylik me’yor esa 23,7 millimetrni tashkil etadi. Demak, yog‘ingarchilik miqdori me’yorga nisbatan qariyb 6 baravar kam bo‘lgan. Yog‘ingarchilik kamligi havodagi chang zarralarining yuvilib ketish jarayonini susaytiradi va ularning atmosferada to‘planishiga sharoit yaratadi.

 

Ilmiy kuzatuvlarga ko‘ra, so‘nggi o‘n yillikda atmosfera havosining tabiiy almashinuvi bilan bog‘liq jarayonlarda ham o‘zgarishlar kuzatilgan. Xususan, sovuq yarim yillikda kuchli shamol va yog‘ingarchilikning kamligi bilan bog‘liq noqulay meteorologik sharoitlar oldingi yillarga nisbatan 57 foizga ko‘paygan. Bunday sharoitlar havoning tabiiy ravishda tozalanishini qiyinlashtirishi mumkin.

 

Qayd etilishicha, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan havo sifatidagi o‘zgarishlar, tabiiy omillarning hududlarga kirib kelishi va ularning atmosfera havosi sifatiga ta’siri nafaqat monitoring stansiyalari, balki sun’iy yo‘ldoshlar orqali ham kuzatib boriladi. Mutaxassislar havo sifatidagi o‘zgarishlarni nafaqat yer ustidagi monitoring stansiyalari, balki sun’iy yo‘ldosh tasvirlari orqali ham kuzatib bormoqda. 

 

Oktyabr oyining 1–26-kunlari bo‘yicha SILAM (atmosfera tarkibi va havo sifatini modellashtirish hamda prognoz qilish uchun mo‘ljallangan xalqaro kompyuter tizimi) modeli asosida sun’iy yo‘ldosh tasvirlari tahlil qilinib, ular AQI havo sifati indeksi bilan solishtirilgan. Tahlillar chang massalari Toshkent shahri va unga tutash hududlarga kirib kelgan davrlarda havo sifati indeksining ham ko‘tarilganini ko‘rsatmoqda. Masalan, oktyabr oyining 4–5-kunlarida yog‘ingarchilik kuzatilgan va AQI indeksi 66–71 darajada bo‘lgan. Oyning keyingi kunlarida esa yog‘ingarchilik kamligi va chang massalarining to‘planishi fonida havo sifati yomonlashgan.

 

Yevropaning EUMETSAT platformasi (ob-havo, iqlim va atrof-muhitni kosmosdan kuzatishga ixtisoslashgan Yevropa meteorologiya sun’iy yo‘ldosh agentligi) hamda Meteosat sun’iy yo‘ldoshidan olingan tasvirlarda 25–26-oktyabr kunlari Toshkent shahri va uning atrofidagi hududlarda yirik chang massalari kuzatilgan. Ushbu jarayon Toshkent shahri va viloyati, shuningdek, qisman Sirdaryo va Jizzax viloyatlarini qamrab olgan.

 

Mutaxassislar prognoziga ko‘ra, chang massalarining ta’siri va havo ifloslanishi bilan bog‘liq noqulay sharoitlar kelgusi haftaning boshigacha davom etishi mumkin.

 

Ta’kidlanishicha, havo sifati yomonlashuviga turli omillar ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois vaziyatni to‘g‘ri baholashda meteorologik sharoitlar, chang massalarining harakati va monitoring ma’lumotlarini birgalikda tahlil qilish muhim hisoblanadi.

Misrga safar qiluvchi o‘zbekistonliklar uchun yengillik: yangi kirish qoidalari kechiktirildi

Misrga safar qiluvchi o‘zbekistonliklar uchun yengillik: yangi kirish qoidalari kechiktirildi

Avvalroq 2026-yil 1-noyabrdan O‘zbekiston fuqarolarining Misrga kirishi bo‘yicha yangi tartiblar joriy etilishi ma’lum qilingandi.

Eskalator zudlik bilan to‘xtatildi: bunga sabab poyabzal bog‘ichi

Eskalator zudlik bilan to‘xtatildi: bunga sabab poyabzal bog‘ichi

“Paxtakor” va “Alisher Navoiy” metro bekatlari orasidagi o‘tish yo‘lagida eskalator vaqtincha to‘xtatilgan.

Kino sohasini rivojlantirish: sohada ikkita yangi tuzilma tashkil etiladi

Kino sohasini rivojlantirish: sohada ikkita yangi tuzilma tashkil etiladi

Kino yaratishda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalanish bo‘yicha hamkorlik dasturi ishlab chiqiladi.

Kinematografiya agentligi tugatiladi: kino sohasi Madaniyat vazirligiga o‘tkaziladi

Kinematografiya agentligi tugatiladi: kino sohasi Madaniyat vazirligiga o‘tkaziladi

“O‘zbekfilm” davlat muassasasi tugatilib, uning o‘rnida zamonaviy biznes modeli asosida ishlaydigan milliy kinokompaniya tashkil etiladi.

“Milliy filmlarimiz talabga javob beryaptimi? Afsuski, yo‘q” — Prezident

“Milliy filmlarimiz talabga javob beryaptimi? Afsuski, yo‘q” — Prezident

Shavkat Mirziyoyev kino sohasidagi davlat buyurtmasi tizimini tanqid qildi.

O‘zbek kinosiga e’tibor kuchaydi: bir yilda 218 milliard so‘m ajratildi

O‘zbek kinosiga e’tibor kuchaydi: bir yilda 218 milliard so‘m ajratildi

Prezident milliy kino tarixida “Mahallada duv-duv gap”, “O‘tgan kunlar”, “Shum bola” va “Suyunchi” kabi filmlar alohida o‘rin tutishini ta’kidladi.

Yuqori Chirchiqda qarzdorlik sabab korxona mashinasi xatlandi

Yuqori Chirchiqda qarzdorlik sabab korxona mashinasi xatlandi

Hozirda u belgilangan tartibda auksion savdolariga chiqarilmoqda.

Qo‘ng‘irotda MIB orqali 500 mln soliq qarzi undirildi

Qo‘ng‘irotda MIB orqali 500 mln soliq qarzi undirildi

Qarzdor bankdagi hisob raqamlariga band solingach, soliqni to‘lashga majbur bo‘lgan.