Eskalator zudlik bilan to‘xtatildi: bunga sabab poyabzal bog‘ichi
“Paxtakor” va “Alisher Navoiy” metro bekatlari orasidagi o‘tish yo‘lagida eskalator vaqtincha to‘xtatilgan.

26-oktyabr kuni “Paxtakor” va “Alisher Navoiy” metro bekatlarini bog‘lovchi o‘tish yo‘lagidagi eskalator yo‘lovchining poyabzal bog‘ichi tiqilib qolishi sabab vaqtincha to‘xtatilgan. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” AJ ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, hodisa soat 18:32 larda yuz bergan. Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida eskalator zudlik bilan to‘xtatilgan. Zarur choralar ko‘rilgach, eskalator ikki daqiqa ichida qayta ishga tushirilgan.
Metropoliten ma’muriyati yo‘lovchilarni eskalatordan foydalanish qoidalariga rioya qilishga, harakatlanish vaqtida ehtiyotkor bo‘lishga, poyabzal bog‘ichlari va kiyim-kechaklariga e’tibor berishga chaqirdi.








