Germaniya Kansleri Samarqandda rasmiy kutib olindi
Shundan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Samarqand shahrida mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Germaniya Federal Kansleri Olaf Sholsni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.
Kongress markazi oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni shohsupaga taklif etdi.
Harbiy orkestr ikki mamlakat madhiyalarini ijro etdi. Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.
Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.







