O'zbekiston

O‘zbekistondagi Islom sivizatsiyasi markazi delegatsiyasi Turkiyada

Tashrifdan maqsad esa xalqaro madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlash va tajriba almashishdir.

O‘zbekistondagi Islom sivizatsiyasi markazi delegatsiyasi Turkiyada

O‘zbek va turk xalqlarini azaliy do‘stlik, birodarlik va qardoshlik rishtalari o‘zaro bog‘lab turadi. Shuni ham taʼkidlash joizki, O‘zbekiston va Turkiyani ko‘p qirrali hamkorligi yildan yilga yana-da kengayib, yangi bosqichga ko‘tarilyapti. So‘z isboti sifatida aytish mumkinki, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi delegatsiyasi Turkiya Respublikasida bo‘lib turibdi. 

 

Tashrifdan maqsad esa xalqaro madaniy hamkorlikni yana-da mustahkamlash va tajriba almashishdir. 15 sentyabr kuni madaniyat va muzey muassasalari uchun innovatsion yechimlarni ishlab chiqish bo‘yicha ixtisoslashgan “Outdoors Factory” kompaniyasi hamroxligida Istanbuldagi bir qator zamonaviy muzeylarga sayohat tashkil etildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad esa muzeylarda zamonaviy texnologiyalarni joriy etishdagi eng yaxshi amaliyotlarni va ularning madaniy merosni saqlashga taʼsirini o‘rganishdan iborat.

 

Hozirgi zamonaviy texnologiyalar yordamida madaniy meros va qadriyatlarni keng jamoatchilik, jumladan, yosh avlod uchun qiziqarli tarzda targ‘ib qilishga ham alohida eʼtibor qaratildi.

 

Delegatsiya aʼzolari Vizantiya davrining qadimiy yerosti inshootlaridan biri bo‘lgan Sherefiye yerosti sardobasi (Şerefiye Sarnıcı) bilan tanishishdi. Bu inshoot imperator Feodosiy II (401–450 y.) davrida Konstantinopolda suv saqlash uchun qurilgan. Hozirgi kunda bu yerda suv taʼminoti tarixi haqida vizual hikoya qiluvchi 3D mepping texnologiyasi asosidagi o‘ziga xos obyekt mavjud. Shuningdek, delegatsiya hashamatli Ayya Sofiya ibodatxonasi, Ko‘k masjid, To‘pqopi saroyi, qadimgi Efes shahri va Galikarnas maqbarasi kabi mashhur tarixiy yodgorliklarning kichik modellarini namoyish qiluvchi Ochiq osmon ostidagi miniatyuralar muzeyida ham bo‘lishdi. Muzey tashrif buyuruvchilarga bu muhim inshootlarning modellarini bir joyda ko‘rish va tarixga qisqacha sayr qilish imkonini taqdim etadi.

 

“Deneyap Technology Atölyesi” interaktiv muzeyi bolalar va yoshlar uchun taʼlim dasturining bir qismi bo‘lib, yangi texnologiyalar, dasturlash va sunʼiy intellekt yordamida fan va madaniyatni o‘rganishga imkon beradi.

 

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari muzey ekspozitsiyalarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etishning madaniy merosni saqlash va uning yangi shakllarini yaratishdagi ahamiyatini alohida taʼkidlashdi.

 

Muzey rahbarlari va Outdoors Factory rahbari Sinan Turamon bilan o‘tkazilgan muhokamalarda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida interaktiv dasturlarni rivojlantirish va tashrif buyuruvchilarni kengroq jalb qilish uchun texnologiyalardan foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

“Hozirgi zamon madaniy merosni saqlash va ommalashtirish uchun yangi yondashuvlarni talab qiladi. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining asosiy vazifasi – boy mazmun bilan to‘ldirilgan va zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirilgan kontentlar yaratishdir. Zamonaviy muzeylar faqatgina artefaktlarni saqlash joylari emas, balki tashrif buyuruvchilar bilan interaktiv muloqot qilish uchun faol maydondir. Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bunyod etilayotgan bu madaniy-gumanitar megaloyihaga bu kabi texnologiyalarni joriy qilish islom madaniy merosini yangi avlod va keng ommaga qiziqarli tarzda taqdim etishda yangi yo‘llarni ochadi”, – dedi Firdavs Abduxoliqov. – “Bu yondashuv ko‘p asrlik anʼanalarni zamonaviy texnologiyalar orqali saqlash va rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ladi”.

 

Delegatsiyaning Turkiyaga tashrifi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Istanbul muzeylari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, madaniyat va innovatsiyalar sohasida tajriba almashish uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. “Delegatsiyaning Istanbulga tashrifi doirasida IRSIKAda media tadbir, shuningdek, qator muzeylarga tashrif, memorandumlar imzolash va O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi konsepsiyasini yangi mazmun bilan boyitishga ko‘maklashadigan kelishuvlarni tuzish rejalashtirilgan”, – dedi markaz rahbari.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.