Sport

“Arsenal” derbidagi g‘alabani qanday qo‘lga kiritdi

O‘yin taqdirini bitta gol hal qildi

“Arsenal” derbidagi g‘alabani qanday qo‘lga kiritdi

 

Derbi oldidan “Arsenal” yarim himoyada jiddiy muammolarga duch keldi. Deklan Rays so'nggi turda qizil kartochka oldi va diskvalifikatsiya qilindi. Martin Odegaard Norvegiya terma jamoasi safida to'pig'idan jarohat oldi. Natijada, bir qator mutaxassislar tomonidan mazkur uchrashuv durang natija bilan yakunlanishi haqida taxminlar bildirilgandi.

 

Premyer-liganing o'tgan mavsumida "Tottenhem" o'rtacha to'pga egalik qilish bo'yicha faqat "Siti"dan keyin ikkinchi o'rinni egallagan bo'lsa, bu mavsumda Anjelos Postekoglou jamoasi bu ko'rsatkich bo'yicha peshqadamga aylandi.

 

Derbida garchi, mehmonlar qarshi hujumda o'ynashi kutilgan bo'lsada, aslida bunday bo'lib chiqmadi. Birinchi bo'limdagi eng yaxshi vaziyatni "Arsenal" yaratdi. Trossard tezda to'pni o'ziga to'g'rilab oldi va Gabriel Martinelliga uzatma berdi. Unda esa bo'sh hudud ko'p edi, ammo braziliyalik ochiq turgan sherigiga to'pni uzatish o'rniga o'zi darvoza tomon zarba berdi va imkoniyatni yo'qqa chiqardi.

 

Uchrashuv sariq kartochkalar bilan ham esda qoldi. Ushbu derbidan bir kun oldin bir o'yinda futbolchilarni ogohlantirish bo'yicha Premyer-liga rekordi o'rnatildi - "Chelsi" va "Bornmut" futbolchilariga 14 ta sariq kartochka ko'rsatildi. "Tottenhem" va "Arsenal" futbolchilari birinchi bo'limda yetti marta ogohlantirish oldi. Bunga Jurrien Timber va Guglielmo Vikario o'rtasidagi jang bilan boshlangan mushtlashuv ham sabab bo'ldi. Biroq, ikkinchi bo‘limda faqat Jorginyo ogohlantirish oldi. Yangi rekord esa o'rnatilmadi.

 

Bir soat davomida "Tottenhem" nafaqat faollik ko'rsatdi, balki bir qator xavfli vaziyatlarni yaratishga ham muvaffaq bo'ldi. Biroq, “Arsenal” baribir o'z maqsadiga erishdi, jamoaga burchak to'pi yordam berdi. Bukayo Saka tomonidan oshirilgan uzatmadan so'ng, Gabriel Magalhaes boshi bilan darvozani ishg'ol qildi. Darvozabonning bunday zarbani bartaraf etish imkoniyati yo'q edi. Bu himoyachi uchun Angliya chempionatidagi 15-gol bo'ldi.

 

"Tottenhem" gol o'tkazib yuborganidan keyin ham tashabbusga ega bo'lishda davom etdi, ammo "Arsenal" o'z jarima maydonchasida ishonchli tarzda himoyalandi. Ushbu g‘alabadan keyin “Arsenal” ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Tottenhem” to‘rt turdan keyin to‘rt ochko bilan 13-o‘rinda qolmoqda.

custom img

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

custom img

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

custom img

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"