Chegarada 400 ta cho‘l toshbaqasi to‘xtatib qolindi
Ularni tojikistonlik fuqaro O‘zbekistondan olib chiqib ketishga uringan.

Bekobod shahar “Farhod” chegara postida o‘tkazilgan reyd davomida 1989 yilda tug‘ilgan Tojikiston Respublikasi fuqarosi Yo.B. Tojikistonga 400 ta O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasini olib ketayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.
Toshbaqalar Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan Zangiota tumanida joylashgan “Tabiat bag‘rida” pitomnigiga vaqtincha saqlash uchun topshirildi. Shuningdek, holatga huquqiy baho berish va kerakli chora ko‘rish uchun hujjatlar rasmiylashtirilib, sud organlariga yuborilmoqda.
Maʼlumot uchun, O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan bo‘lib, noyob endimek tur hisoblanadi.







