O'zbekiston

Hamshiralar akademiyasiga yangi rektor tayinlandi

Mazkur lavozimga Nosirova Raʼno qo‘yildi.

Hamshiralar akademiyasiga yangi rektor tayinlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Nosirova Raʼno Rahimovna Hamshiralar akademiyasi rektori etib tayinlandi.

 

R. Nosirova 1995 yil Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini “Toshkentqurilish” davlat korporatsiyasining tibbiy-sanitariya bo‘limi terapevt-shifokori sifatida boshlagan.

 

Turli yillarda Yakkasaroy tuman 45-sonli oilaviy poliklinika terapiya bo‘limi boshlig‘i, bosh shifokor muovini, tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika bosh shifokorining davolash ishlari bo‘yicha muovini, 59-sonli oilaviy poliklinika bosh shifokori lavozimlarida ishlagan.

 

II darajali “Salomatlik” ordeni bilan taqdirlangan R. Nosirova tayinlovga qadar Chilonzor tuman tibbiyot birlashmasi – markaziy ko‘p tarmoqli poliklinika boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

 

Yangi rahbar zimmasiga oliy hamshiralik ishi yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavriat va magistratura bosqichida yuqori malakali kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash, tibbiyot texnikumlarining rahbar va pedagoglari hamda hamshiralar malakasini oshirishning uzluksiz va yaxlit tizimini yaratish, o‘quv dasturlari integratsiyasini taʼminlash, ilmiy salohiyatni oshirish, shuningdek, tibbiy taʼlim va ilm-fan sohasida rivojlangan davlatlar bilan xalqaro hamkorlikni yana-da kengaytirish kabi qator vazifalar yuklatildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Hamshiralar akademiyasiga yangi rektor tayinlandi | Zamon.uz