Navoiydagi zapravkada 689 mln so‘m talon-taroj qilindi
Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda MCHJga qarashli AYOQSH bosh operatori S.A. va boshqalar rasmiy hujjatlarga soxta maʼlumotlar kiritish orqali yoqilg‘i mahsulotlari sotuvidan tushgan 689,5 mln so‘mni kirim qilmasdan, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







