O'zbekiston

Atmosferani ifloslantirgan 117 nafar mansabdorga chora ko‘rildi

Huquqbuzarlar jami 332 million so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Atmosferani ifloslantirgan 117 nafar mansabdorga chora ko‘rildi

Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan atmosfera havosini muhofaza qilish talablarining buzilishiga qarshi doimiy nazorat reyd tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

 

Reyd davomida o‘tgan 9 oy ichida jami 1 356 nafar fuqaro tomonidan huquqbuzarlik sodir etilgani maʼlum bo‘ldi. Xususan, huquqbuzarlarning 117 nafari mansabdor shaxslar ekanligi aniqlandi. Ular qurilish chiqindilari va boshqa chiqindi turlarini yoqish, shuningdek, dala va aholi punktlarida xazon, shox-shabbalarga o‘t qo‘yish kabi huquqbuzarliklarni sodir etishgan.

 

Holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 88-moddasiga muvofiq maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzarlar jami 332 million so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

 

Maʼlumot uchun, atmosfera havosini muhofaza qilish talablarini buzishga qarshi reyd tadbirlari davom ettirilmoqda. Bu kabi huquqbuzarliklar qonuniy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.