O'zbekiston

Qashqadaryolik ayol nikohsiz tug‘ilgan chaqalog‘ini sotmoqchi bo‘ldi

U buning uchun 1600 dollar va 30 mln so‘m olgan.

Qashqadaryolik ayol nikohsiz tug‘ilgan chaqalog‘ini sotmoqchi bo‘ldi

Qashqadaryodagi tibbiyot birlashmasida orastabon (sanitarka) bo‘lib ishlaydigan ayol 2024 yil 4 iyun kuni tug‘ilgan chaqalog‘ini eri bilan nikohi yo‘qligi, voyaga yetmagan farzandi borligi va bir o‘zi boqishga qiynalishi sababli sotib yubormoqchi bo‘ldi.

 

U kelishilgan pulni 1600 dollar va 30 million so‘m ko‘rinishida olayotganda qo‘lga olingan.

 

Ayol sudda qisman aybiga iqrorlik bildirgan. Ko‘rsatmasida o‘zi ishlaydigan joydagi hamkasbi homiladorligini bilib, bolasini sotishini so‘ragan. Ayol bunga qarshilik qilganida, unga tahdid qilganini aytgan. Bola tug‘ilganidan 2 kundan keyin tanishi kelishilgan pulni bergan vaqtda palataga 5-6 notanish kishilar kirib kelib, qo‘lidan surtmalar olib, pullar rasmiylashtirib olinganini, stressda bo‘lgani uchun nima bo‘layotganini tushunmaganini aytgan.

 

Ayolga nisbatan 4 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Qashqadaryolik ayol nikohsiz tug‘ilgan chaqalog‘ini sotmoqchi bo‘ldi | Zamon.uz