Salomatlik

Superbakteriyalar qariyb 40 mln kishining o‘limiga sabab bo‘lishi mumkin

JSST bu bo‘yicha prognozini eʼlon qildi.

Superbakteriyalar qariyb 40 mln kishining o‘limiga sabab bo‘lishi mumkin

Sayyoramizda infeksiyalarning antibiotiklarga chidamli turlari ko‘paymoqda. Yaqin kelajakda epidemiologik vaziyat yana-da murakkablashishi mumkin. Xususan, kelgusi 25 yil ichida bunday Superbakteriyalar 39 milliondan ortiq kishining hayotiga zomin bo‘lishi prognoz qilinyapti.

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari dunyoning yetakchi shifokorlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalariga tayanib, shunday xulosaga keldi. Bu haqdagi maʼlumotlar Buyuk Britaniyaning nufuzli “The Lancet” tibbiy jurnalida eʼlon qilindi.

 

“Insoniyat dori-darmonlarga chidamli mikroblarga qarshi kurashish borasida ancha ilgarilib ketdI, — deydi Vashington universiteti professori Steyn Follset. — Ammo erishilgan natijalar yetarli emas. Chunki 2050 yilga borib, dori-darmonlarga chidamli mikroblar bevosita yoki bilvosita har yili 8 million odamning o‘limiga sabab bo‘lishi ehtimoli mavjud. Buning oldini olish uchun shoshilinch ravishda yangi strategiyalarni ishlab chiqishimiz kerak”.

 

Ekspetrlar hisob-kitoblariga ko‘ra, 2050 yilgacha dori-darmonlarga chidamli infeksiyalar 39,1 million insonning hayotiga zomin bo‘lishi, qolaversa, bu bilan bog‘liq patologiyalar tufayli 169 million o‘lim holati yuz berishi taxmin qilinyapti.

 

Bundan Janubiy Osiyo mamlakatlari, jumladan, Hindiston, Pokiston va Bangladesh aholisi eng ko‘p aziyat chekishi, mazkur mintaqada 11,8 millionga yaqin odam Superbakteriyalar qurboniga aylanishi xavfi bor. Keyingi o‘rinlardan Janubi-Sharqiy va Sharqiy Osiyo davlatlari o‘rin olishi bashorat qilinmoqda.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"