O'zbekiston

Surxondaryoda “prava”si yo‘q haydovchilar avariyaga uchradi

Oqibatda 3 nafar yo‘lovchi halok bo‘lgan.

Surxondaryoda “prava”si yo‘q haydovchilar avariyaga uchradi

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

 

Kecha, 17 sentyabr kuni soat 03:15 atrofida 2004 yilda tug‘ilgan fuqaro Nexia-2 avtomashinasini Denov-Sariosiyo yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib kelib, qarama-qarshi bo‘lakdan harakatlanib kelayotgan VAZ-2107 avtomashinasi bilan to‘qnashib ketgan. Haydovchilarning ikkalasida ham haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan.

 

Ushbu YTH natijasida VAZ-2107 avtomashinasi salonida bo‘lgan 3 nafar yo‘lovchi (haydovchining sinfdoshlari) vafot etib, ikkala avtomashina salonida bo‘lgan qolgan yo‘lovchilar tan jarohati olib tuman Tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Sariosiyo tuman IIB Tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Surxondaryoda “prava”si yo‘q haydovchilar avariyaga uchradi | Zamon.uz