Toshkentda 3 ta mashina avariyaga uchradi
Hodisa oqibatida haydovchilardan biri jarohatlangan.

Bugun, 18 sentyabr kuni soat 00:30 atrofida Chilonzor tumani KHAY-Qatortol ko‘chalari chorrahasida yo‘l- transport hodisasi yuz bergan. Bu haqida Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu YTH K.D. boshqaruvidagi Nexia-2, Y.A. boshqaruvidagi Malibu-1, Sh.A. boshqaruvidagi Cobalt avtomashinalari to‘qnashishi oqibatida sodir bo‘lgan.
Mazkur YTH natijasida Cobalt rusumli avtomashina haydovchisi tan jarohat olgan.







