Toshkentdagi mebel korxonasida yong‘in chiqdi
Jarayon poytaxt FVB boshlig‘i nazoratida salkam 1,5 soatda bartaraf etildi.

18 sentyabr tongida Toshkent shahri Olmazor tumanidagi mebel ishlab chiqarish korxonasida yong‘in sodir bo‘ldi. Poytaxt FVB hodisa tafsilotlarini maʼlum qildi.
Unga ko‘ra, soat 07:28 da Usta Shirin ko‘chasidagi yong‘in xabari kelib tushgan. Qutqaruv ekipajlari yong‘inni 07:58 da qurshab olgan, soat 08:56 da batamom o‘chirgan.
"Jarayon shahar FVB boshlig‘i Muxtor Muhitdinov nazoratida amalga oshirildi", — deyiladi xabarda.
Hodisa oqibatida jarohat olgan va vafot etganlar yo‘qligi maʼlum qilindi. Xabarda aytilishicha, hozirda yong‘in sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.







